Boks. Samarqandda O'zbekiston chempionati boshlandi, Bobo-Usmonda g'alaba FOTOGALEREYA

Sana: 12.12.2018 / 09:26 , Ko'rildi: 703

Kecha Samarqand shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati start oldi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, yilning so'nggi nufuzli musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va deyarli barcha viloyatlaridan jami 275 nafar charm qo'lqop ustasi 8ta vazn toifasida ishtirok etyapti.

Mamlakat chempionatining ilk kuni terma jamoaga nomzod bokschilardan biri Bobo-Usmon Baturov muddatidan avval g'alabaga erishdi. -69 kg vazn toifasida ringga chiqqan jizzaxlik bokschi farg'onalik raqibini Odiljon Xoldorovni ikkinchi raunddayoq taslim etdi. 

Kecha O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi ham o'tkazildi. Bugungi bahslar soat 11:00da boshlanadi. Kunning ikkinchi yarmiga belgilangan janglar esa soat 15:00dan start oladi. Bugun -52, -75, -81, -91, +91 kg vazn toifalarida ilk davra bahslari bo'lib o'tadi. 

Birinchi kungi jang natijalari:

Manba: Olamsport.com

Comment:
Comment its empty!