Iordaniya maxsus xizmati shokolad ko‘rinishidagi giyohvand moddalarni topdi

Sana: 18.11.2018 / 17:06 , Ko'rildi: 208

Iordaniya maxsus xizmati kontrabandachilar Suriyadan Iordaniyaga shokolad ko‘rinishida olib kirishga uringan to‘rt million dona tabletkadan iborat giyohvand moddalar partiyasini musodara qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Qayd etilishicha, yuk hujjatlarini chegaraoldi hududida rasmiylashtirishga uringan yuk mashinasi haydovchisi chegarachilarda shubha uyg‘otgan.

Ular yuk mashinasida tintuv o‘tkazishgan va shokolad plitkalari ichidan bir necha million dona tabletka shaklidagi giyohvand moddalarni topishgan. Dastlabki ma'lumotga ko‘ra, yuk Iordaniya orqali boshqa davlatlarga olib o‘tilishi lozim bo‘lgan.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!