Amerikalik talabalarga Xitoyda messenjerlardan foydalanmaslik tavsiya qilindi

Sana: 12.01.2019 / 01:05 , Ko'rildi: 41

Kaliforniya universiteti o‘z talabalariga Xitoyda messenjerlardan foydalanmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, universitet rahbariyati talabalar va o‘qituvchilarni Xitoyga safarlari vaqtida WhatsApp va WeChat messenjerlaridan foydalanmaslikka chaqirgan.

Ta'kidlanishicha, bu oxirgi vaqtda Xitoyda g‘arb davlatlari fuqarolarining hibsga olinishi holatlari ko‘p uchrayotgani bilan bog‘langan.

Universitetda Xitoy mutasaddi idoralari talabalarning messenjer orqali yuborayotgan xabarlarini ushlab olib, ularni talabalarni hibsga olish vaji sifatida qo‘llashi mumkinligi aytilgan.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!