IIV Qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya tasarrufiga o‘tkaziladi

Sana: 12.01.2019 / 09:51 , Ko'rildi: 475

Prezident Qo‘riqlash bosh boshqarmasini O‘zbekiston Milliy gvardiyasi tasarrufiga o‘tkazishni taklif qildi.

Bu haqda 10 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi davomida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz manbasi.

«Endilikda mahallalarda jamoat xavfsizligi va shaxsiy mulk daxlsizligini ta'minlashga Ichki ishlar vazirligi bilan Milliy gvardiya tengma-teng javob berishadi», - dedi davlat rahbari.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, tegishli idoralar hozirda ushbu masala ustida ishlamoqda. 

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!