«Human» xususiy bandlik agentligi Germaniya Respublikasi bilan hamkorlik qiladi

Sana: 15.01.2019 / 20:07 , Ko'rildi: 278

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi oldidan, 14 yanvar kuni O‘zbekiston-Germaniya hukumat vakillari hamda turli soha vakillaridan iborat biznes forumda «Human» xususiy bandlik agentligi direktori va vakillari ham ishtirok etdi. Unda turli ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek migrantlar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan muzokalar olib borildi. 

O‘zbekistondan Germaniyada qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun qulayliklar yaratish, «Human» xususiy bandligi agentligi mijozlarining ijtimoiy va mehnat huquqlari poymol qilinishining oldini olish borasida kelishib olindi.

Uchrashuvlarda Germaniya Federativ Respublikasida uzoq yillardan beri muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan ish beruvchi korxonalar va migrantlar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan xalqaro toifadagi korxonalar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirishdi. «Human» xususiy bandlik agentligi direktori boshchiligidagi guruhning Germaniyaga xizmat safari davom etmoqda. 

Shuningdek, agentlik ushbu safar davomida Chexiya va Polsha davlatlariga tashrif buyurib, bir qator ish beruvchi va migratsiya sohasidagi vakolatli korxonalar bilan muzokaralar olib borilishi hamda o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanishi rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz 2018 yil dekabr oyida agentlik Birlashgan Arab Amirliklarining bir nechta yirik korxonalari bilan hamkorlik shartnomalarini tuzishga erishgan edi. Shuningdek, Yaponiya va Koreya Respublikasining bir nechta ish beruvchi korxonalari vakillari «Human» xususiy bandlik agentligi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish yuzasidan O‘zbekiston Respulikasiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ushbu jarayonlarni OAV hamda agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (Facebok, Telegram) orqali kuzatib borishingiz mumkin.

«Human» xususiy bandligi agentligi bosh ofisi manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi Mo‘ljal: Xalqaro aeroport Telefon: +998 95 198 92 90

 

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!