O‘zbekistonga Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya keladi

Sana: 18.11.2018 / 16:53 , Ko'rildi: 166

Yevropa investitsiya banki vitse-prezidenti Vasil Xudak boshchiligidagi YeIB delegatsiyasi 19-21 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Birinchi Xalqaro turizm investitsion forumida ishtirok etadi. 

U bu haqda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Dilyor Hakimov bilan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

“Uchrashuvda O‘zbekiston-Evropa moliyaviy hamkorligi bo‘yicha oldinda turgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, tomonlar Hadli kelishuvni (Vashington, 2017 yil oktabr) amalga oshirish davomida YeIBning O‘zbekistondagi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish hamda 2018 yil 5 oktabrda Parijda imzolangan 200 million yevro mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishning hozirgi holati to‘g‘risida fikr almashdilar”, deyiladi xabarda.

EIB delegatsiyasining bo‘lajak investitsiya forumidagi ishtiroki mavzuiga to‘xtalar ekan, tomonlar sayyohlik u bilan bog‘liq barcha infratuzilmani (transport, ijtimoiy soha, xizmatlar va h.k.) rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va juda muhim iqtisodiy ta'sir ko‘rsatishini va natijada uni har qanday mamlakat iqtisodiyotining yuqori daromadli sohasiga aylantirishini tasdiqladilar.

Vasil Xudak ushbu forum ishida uning bevosita rahbarligidagi vakolatli delegatsiya qatnashishini tasdiqladi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuv davomida YeIB O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga ishonch bilan qarashi qayd etildi. Xususan, yaqin vaqt ichida aniq loyihalarni amalga oshirish uchun hujjatlarni ishlab chiqish jarayoni davom etadi. Bu ishda boshqa xalqaro moliya institutlari va ko‘p tomonlama hamkorlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Uchrashuvda shuningdek, EIB boshqaruvchi maslahatchisi Umberto del Panta, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha kredit operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i Lionel Rapael ishtirok etdi.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!