Yuz minglab amerikaliklar maoshsiz qolib ketishdi
Sana: 11.01.2019 / 23:15 , Ko'rildi: 6
Yuz minglab amerikaliklar maoshsiz qolib ketishdi

11 yanvarda yuz minglab amerikaliklar maoshlarini ololmadilar. Bunga Oq uyning Meksika bilan chegarada devor qurilishini moliyalashtirish uchun favqulodda vaziyat e'lon qilishga tayyorlanayotgani olib kelgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi. 

800 ming davlat xizmatchisi 11 yanvarda maoshini olmagan. Ulardan yarmidan ko‘pi hali ham ishchi majburiyatlarini bajarishni davom ettirmoqda. Ta'kidlanishicha, 22 dekabrda boshlangan AQSh hukumati ishining qisman to‘xtatilishi (shatdaun) AQSh tarixidagi eng davomiysi bo‘lishiga qarab ketmoqda. 

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati favqulodda vaziyatni e'lon qilish bo‘yicha dastlabki ishni boshlagani ma'lum qilingandi.

Shatdaun chegarada devor qurilishiga mablag‘ ajratish borasida kongressdagi kelishmovchiliklar sababli yuz bergan. 

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!