O'zbekiston OTJ Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda FOTO
Sana: 11.02.2019 / 15:40 , Ko'rildi: 6
O'zbekiston OTJ Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda FOTO

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azolari Toshkentda yig'in olib borishmoqda.

Mazkur yig'in davomida serbiyalik mutaxassis futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga asosiy etiborni qaratmoqda.Yig'in davomida olimpiya terma jamoasi azolaridan jismoniy testlar olindi. Test natijalariga qarab murabbiylar shtabi har bir futbolchi uchun alohida yuklamalar berishmoqda. Kecha navbatdagi mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida futbolchilar ikki guruhga bo'lingan holda nazorat o'yini o'tkazishdi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini 14 fevralga qadar davom etadi. Keyin Olimpiya terma jamoasi azolari Ispaniyaga yo'l olib, o'sha erda yig'inni davom ettirishadi. San-Pedro-del-Pinatar shahridagi yig'in davomida terma jamoamiz 3ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. 

Jumladan, 16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning "VSG Vattens" klubiga qarshi maydonga tushishadi. 19 fevralda esa "Real Mursiya A" jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21 fevralda esa "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan.

16 fevralO'zbekiston OTJ - "VSG Vattens"19 fevralO'zbekiston OTJ - "Real Mursiya A"21 fevralO'zbekiston OTJ - "Lokomotiv" Tbilisi

Manba: Olamsport.com

Comment:
Comment its empty!