Sulsher: "Marsyalning iqtidori Ronaldu darajasiga etishga imkon beradi"

Sana: 11.02.2019 / 17:04 , Ko'rildi: 24

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoa hujumchisi Antoni Marsyal o'yin darajasiga baho berdi.

"Esimda, uchrashuvlarning birida juda yomon o'ynaganmiz va bahs oxirida Ronaldu gol urgan edi. Krishtianu va Marsyalda o'xshash jihatlar bor. Agar Antoni Ronaldu darajasiga chiqishni istasa, nima qilish kerakligini biladi. Uning iqtidori bunga imkon beradi.

Marsyal himoyada ham ishlash kerakligini biladi, ammo u hujumda juda yaxshi harakat qilmoqda. Agar qanot himoyachisi joyida o'ynasangiz, qarshingizda Antonini ko'rishni istamaysiz. Jamoada bunday futbolchi borligidan xursandman" - dedi Sulsher.

Manba: Olamsport.com

Comment:
Comment its empty!