O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi. Ba'zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi 
Sana: 11.02.2019 / 17:11 , Ko'rildi: 8
O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi. Ba'zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘adi 

12 fevralda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubida yana nam havo massalarining kirib kelishi hisobiga ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 5-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda, deb xabar beradi FVV.

13-14 fevralda respublika iliq havo massalari ta'siri ostida bo‘ladi, so‘ng Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 fevralga kunduz kuni havo harorati 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.

15 fevralda hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 7-12 daraja iliqni tashkil etadi.

16 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 12 fevral kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti berilgandi.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!