Koreyalik amaldor O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi
Sana: 11.02.2019 / 18:27 , Ko'rildi: 6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning qarori bilan Dongvuk Li O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Dongvuk Li Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, u sog‘liqni saqlash sohasiga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlashga mas'ul etib belgilandi.

Shu jumladan, unga xalqaro standartlar va JSST tavsiyalari asosida sohani kompleks huquqiy tartibga solish, tizimni moliyalashtirish va tashkil etish, majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish, davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini yurtimizda qo‘llash, investitsiyalarni jalb etishda qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash hamda “elektron sog‘liqni saqlash” tizimlarini keng tatbiq etish kabi vazifalar ham yuklatildi.

Dongvuk Li ayni paytga qadar Koreya Respublikasining Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligida demografik siyosat bo‘yicha vazirning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sog‘liqni saqlash sohasida yangi lavozim joriy etilgandi.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!