Yolg‘iz keksalar va nogironlar qanday oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta'minlanadi?

Sana: 11.02.2019 / 18:35 , Ko'rildi: 24

O‘zbekiston Respublikasida yolg‘iz keksalar va nogironlar har oyda qator oziq-ovqat mahsulotlari bilan bepul ta'minlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Xususan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironlar har oyda quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul ta'minlanadi:

un (oliy nav) – 3 kg; guruch – 1 kg; grechka yormasi – 0,5; makaron mahsulotlari – 0,5 kg; makaron mahsulotlari – 0,5 kg; mol go‘shti (suyaksiz) – 1 kg; xonaki parranda go‘shti – 1 kg; sariyog‘ – 0,2 kg; tuxum (dona) – 15 dona; qand-shakar – 1 kg; kungaboqar yog‘i – 1 litr; ko‘k yoki qora choy – 0,2 kg; atirsovun – 0,1 kg; kirsovun (65%) – 0,2 kg; kir yuvish poroshogi – 0,15 kg.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga nafaqa 55 yoshga yetganida tayinlanishi xabar berilgandi.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!