Norvegiya maxsus xizmati Rossiya va Xitoy mamlakatda faol razvedka faoliyatini amalga oshirayotganini ta'kidladi
Sana: 11.02.2019 / 19:39 , Ko'rildi: 6
Norvegiya maxsus xizmati Rossiya va Xitoy mamlakatda faol razvedka faoliyatini amalga oshirayotganini ta'kidladi

Rossiya va Xitoy maxsus xizmatlari Norvegiyaga nisbatan faol razvedka ishlarini olib bormoqda. Bu Norvegiya fuqaro va harbiy razvedka xizmati hisobotida ta'kidlanmoqda, deb xabar berdi Verdens Gang gazetasi.

Hujjatda aytilishicha, "bu ikki davlat tarmoqda murakkab hujum operatsiyalari o‘tkazish salohiyatiga ega va o‘z imkoniyatlarini doimiy ravishda rivojlantirmoqda".

Norvegiyaga qiziqishning sababi sifatida uning Arktika va shimoliy hududlarga yaqinligi aytilmoqda, shu bois unga nisbatan bosim "2019 yilda ham davom etadi". 

Norvegiya razvedkasining ta'kidlashicha, maxsus xizmatlarni mamlakatning mudofaa va xavfsizlik siyosati, Norvegiyaning jangovar shaylik borasidagi rejalari va shimoliy hududlardagi siyosati qiziqtiradi.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!