Endi tashkilotlarga paxta tolasini sotib olishda QQS amaldagi sotish narxidan kelib chiqib hisoblanadi

Sana: 11.02.2019 / 19:59 , Ko'rildi: 23

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilab qo‘yilishicha, 2019 yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotib olishda qo‘shilgan qiymat solig‘i paxta tolasining jahon bozorlarda shakllangan narxlardan qat'iy nazar amaldagi sotish narxidan kelib chiqib hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarni bekor qilish bo‘yicha yangi tahrirdagi loyihasini muvofiqlashtiruvchi ishchi komissiya (Mavlonov) O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririga ushbu qarorda nazarda tutilgan qoidalar kiritilishini ta'minlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasidan vujudga kelgan nol stavkadagi  qo‘shilgan qiymat solig‘ini korxonalarga qaytarish  to‘g‘risida taqdim qilgan arizalarini qabul qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan dasturini ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

uch oylik muddat davomida kompleks yondashuv asosida xomashyoni qayta ishlash, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha, shu jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda qo‘llab-quvvatlash asosida to‘qimachilik mahsulotlari uchun ichki va tashqi bozorlarda tadqiqotlar o‘tkazish;  

ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yagona qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha;

respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarni butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025 yilga qadar to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 7 mlrd. AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutuvchi “2019-2025 yillar davomida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasi”ni tasdiqlaydi.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!