Toshkentning Otchopar-2 mahallasi yirik biznes markazga aylanmoqda, hudud aholisi ko‘chiriladi

Sana: 11.02.2019 / 21:59 , Ko'rildi: 22

Toshkent shahri Yunusobod tumani Otchopar-2 mahallasida yangi biznes markazi quriladi. Bu haqda Yunusabad Business City’da vaqtinchalik direktor vazifasini bajaruvchi Umid Umarov ma'lum qilgan. 

«Aholini joylashtirish bo‘yicha harakat rejasini boshladik. Zamonaviy uy–joylarni barpo etish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda», – degan Umid Umarov «BUSINESS CITY» loyihalarining taqdimoti vaqtida. 

Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, mahalliy aholiga ikki hududdagi turar-joylar taklif etiladi. Ular Sergeli tumanidagi yangi ko‘p qavatli xonadonlarga yoki Yunusobod tumanidagi 20 gektar maydonli turar-joyga ko‘chishlari mumkin bo‘ladi.

Otchopar-2 mahallasida odatiy ikki qavatli kottej uylar barpo etiladi. Shuningdek, uyning o‘rniga kompensatsiya to‘lovini ham qabul qilish mumkin.

Yunusabad Business City 45,5 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan. U savdo majmualari, biznes ofislari, ko‘ngilochar bog‘lar, turar-joylar va boshqa obektlardan iborat bo‘ladi. 

Boshlang‘ich hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 500 million dollarni tashkil etib, u 2019-2023 yillar davomida amalga oshiriladi.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!