Rossiyadagi yo‘l-transport hodisasida o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi
Sana: 11.02.2019 / 23:57 , Ko'rildi: 8
Rossiyadagi yo‘l-transport hodisasida o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi

11 fevralda Rossiyaning Tyumen - Xanti-Mansiysk trassasida o‘zbekistonliklar jabrlangan va halok bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.  

Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, bir kishi shifoxonaga yetkazilgan.

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulligida YTH oqibatida Toshkentboyev Shuxratbek G‘ulomovich (21.02.1984 da tug‘ilgan) va Sayaxmedov Baxtiyor Tojiboyevich (22.11.1983 da tug‘ilgan) halok bo‘lgani, Mirzaaxmedov Qurvonjon Mirzaliyevich (28.11.1976 da tug‘ilgan) jarohat olgani ma'lum qilingan.

Mehnat migrantlariga ko‘maklashish xalqaro uyushmasi “Standart plyus” MChJ (qabul qiluvchi tomon) ma'lumotlariga ko‘ra, Tobolskdan Tyumenga mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yo‘l olayotgan 20 yo‘lovchi bo‘lgan (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) Mercedes rusumidagi mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.    

Mikroavtobusdagi qolgan 17 kishiga ziyon yetmagan va ular keyinroq hujjatlarni rasmiylashtirib, yana Tobolskka qaytishgan. 

Uyushma YTH bilan bog‘liq barcha, jumladan halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini O‘zbekistonga yetkazish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga va'da bergan.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!