Braziliyadagi aviahalokatda taniqli jurnalist halok bo‘ldi
Sana: 12.02.2019 / 01:19 , Ko'rildi: 4
Braziliyadagi aviahalokatda taniqli jurnalist halok bo‘ldi

11 fevralda Braziliyaning San-Paulu shahrida mamlakatdagi taniqli jurnalist va boshlovchi Rikardo Boyexat aviahalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Globo kanalining ma'lum qilishicha, 66 yoshli boshlovchi shahar chekkasidagi shossega qulagan kichik vertolyot bortida bo‘lgan. Vertolyot qulashi vaqtida shosse bo‘ylab ketayotgan yuk mashinasiga tegib ketgan. Voqea joyida yong‘in boshlangan. Boyexat bilan birga uchuvchi ham halok bo‘lgan.

Boyexat Jornal da Band teledasturi va BandNews FM radiosida boshlovchi, IstoE jurnalida sharhlovchi bo‘lgan. U shuningdek O Globo, O Dia, O Estado de Sao Paulo, Jornal de Brasil gazetalarida ishlagan. 1990-yillarda Globo telekanalida ko‘rsatuv olib borgan.

Manba: kun.uz sayti

Comment:
Comment its empty!